Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida Qoʻqon shahar adliya boʻlimi bilan hamkorlikda bosh maslahatchisi A.Mahsudov, Qo’qon shahar adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Mehmonovlar boshchiligida Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan 2022-yil 15-noyabrda tasdiqlangan Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, «Korrupsiya taraqqiyot kushandasi», «Korrupsiyasiz kelajakni barpo etamiz» mavzularida davra suhbati tashkil etildi.