❄️ Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida «Yangi yil shukuhi» nomli tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni filial direktori Qushimov Baxtiyor Alishovich ochib berdi.
? Filial direktori tomonidan 2022-yil davomida fidokorona mehnati hamda jamoat ishlarida faol boʻlgan hodimlarga tashakkurnomalar topshirildi.
✨ Shu bilan bir qatorda kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan bayram sovgʻalari tarqatildi.
? Bayram tadbirini kuy-qoʻshiqlar, yoshlik zavqi ufurib turgan raqslar, qiziqarli oʻyinlar, gʻaroyib chiqishlar hamda Qorbobo va goʻzal Qorqiz bezadi.