⚡️Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida yil yakuni boʻyich kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni filial direktori B.Qushimov ochib berdi.Prezidentimizning maktablar faoliyati boʻyicha koʻtarilgan masalalarni Oliy taʼlim tizimida chuqur isloh qilish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar va koʻrsatmalar berdi.
✅Prezidentimizning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojatnomasini professor-oʻqituvchilar toʻliq oʻrganish boʻyicha tavsiyalar berildi.
✅Shuningdek, Jismoniy shaxslar bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi M.Temirboyev, taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boʻlim boshligʻi J.Exsonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish Komplaens nazorat boʻlimi mutaxasisi M.Maxmudov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar sektor boʻlim boshligʻi T.Butayevlarning axboroti tinglanib, tayanch doktoranturaga qabul qilingan 16 nafar talabgorlar tabriklandi. Soʻngra turli xil masalalar yuzasidan takliflar berildi. Yakunda kiritilgan masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilindi.