2023-yil 9-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali talabalari Qoʻqon shahridagi «Amiriy»kutubxonasiga tashrif buyurdilar.Uni Filial yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosari R.Ummatov ochib berdi.
Millat fidoyilari ruknidan Jadidlar toʻplami kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.Taqdimotni maʼnaviyat targʻibotchisi D.Qosimova toʻliq maʼlumot berib oʻtdi. Shuningdek, Qoʻqon shahar maʼnaviyat-maʼrifat targʻibot markazi rahbari I.Fayzullayev toʻplam toʻgʻrisida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yakunda talabalarga esdalik uchun badiiy kitoblar tarqatildi.