2023-yil 7-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali talabalari uchun Farg‘ona viloyati hokimligining № 01/9-13 sonli topshiriq xatiga asosan “Yoshlar turizm haftaligi” doirasida turizm sayohati uyushtirildi.
Turizm sayohatida filial direktori B.A.Qushimov boshchiligida Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari R.Ummatov, yoshlar yetakchisi H.Haydarov, 4 nafar tyutorlar hamda 35 nafar Qoʻqon shahrida yashovchi talabalar ishtirok etishdi.
Sayohat davomida talabalar “Xudoyorxon o‘rdasi”, ”Allomalar” muzeyi hamda “Jome majmuasi”ga tashrif buyurdilar.
Ushbu tarixiy obidalarga qilingan sayohat, talaba-yoshlarning bilimlarini mustahkamlab, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada rivojlanishiga xizmat qildi.