Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14 yanvar – «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan tashkil etildi.

Dastavval Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.

Tadbirni filial direktori Qushimov Baxtiyor Alishovich oʻz tabrik soʻzi bilan ochib berdi.

Shuningdek filial rahbari qurolli kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiylik sharafi, va vatanparvarlik xususida fikrlar aytib oʻtdi.

Tadbir davomida Qoʻqon shahar 55-Istiqbol mahalla yoshlar yetakchisi J.Ismoilov ishtirok etib, barchani bayram bilan qutladi hamda uyushmagan yoshlar va talabalar oʻrtasidagi hamkorlik koʻlami doimo bardavom boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.

Bayram tadbiri, vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, yoshlik zavqi ufurib turgan raqslar bilan davom etdi.

  

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan