Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali Yoshlar masalasi boʻyicha dekan oʻrinbosari R.Ummatov, filial yoshlar yetakchisi X.Xaydarov, Matbuot xizmati xodimi X.Begmatovlar sirtqi taʼlimda ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari va issiqlik taʼminoti bilan tanishish maqsadida xonadonlarga tashrifni amalga oshirdilar.Shuningdek mavjud muammolarni joyida bartaraf etish choralari koʻrildi.