Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida fakultet dekani M.Maqsudov, dekan oʻrinbosari A.Asqarov hamda muhandislik texnologiyasi kafedrasi mudiri R.Siddiqovlar sirtqi taʼlimda tahsil olayotgan 1-2-bosqich talabalarga oʻquv jarayoni boshlanganligi inobatga olib, ichki tartib qoidalar va odob ahloq qoidalarini tushuntirdilar. Shuningdek, ularning oʻquv maʼnaviy jihatdan qiziqtirgan savollariga javob berdilar. Yakunda ularga ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.