Joriy yilning 18-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialida talabalar orasida turli xil yod g‘oyalar ta’siriga tushmaslik maqsadida direktor maslahatchisi J. Tadjibaevning tashabbusi bilan sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalarga “Ommaviy madaniyatga qarshimiz” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. O‘quv seminarni ijtimoiy va aniq fanlar kafedrasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Kafedra mudiri N.Xolmirzaev taqdimot qilib berdi. O‘quv-seminarni Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari R.Ummatov Ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Yakunda talabalarning mavzuga oid savollariga batafsil tahlillarga asoslangan javoblar berildi.