Kredit modul taʼlim jarayoni.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida 1-bosqich sirtqi taʼlimda tahsil olayotgan talabalarga faollar zalida oʻquv jarayoni va kredit modul tizimi boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi. Uni filial direktori B.Qushimov ochib berdi va sirtqi taʼlimda tahsil olayotgan talabalarga muvaffaqiyat tiladi. Soʻngra oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov oʻquv jarayoni yuzasidan maʼlumotlar berib, talabalarning qiynab turgan savollariga javob berib oʻtdi. Shuningdek, oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi M.Qambarov kredit-modul tizimi haqida toʻliq maʼlumot berib oʻtdi. Yakunda talabalarning savol va takliflari tinglanib kerakli tavsiya va javoblar berildi.

Posted in Uncategorized.