Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialining Kutubxona markazida «Besh tashabbus» doirasida Markaz hodimlari bilan hamkorlikda Tarix fani adabiyotlari yuzasidan «Kitobxonlik» davra suhbati tashkil etildi. Uni ijtimoiy va aniq fanlar kafedrasi mudiri N.Xolmirzayev hamda markaz boʻlim boshligʻi Z.Nazarovalar olib bordilar. Talabalarga tarix fanining dolzarbligi, adabiyotlarning turlari haqida maʼlumotlar berildi. Yakunda talabalarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.