NURONIYLAR HAMISHA E’TIROFDA

Joriy yilning 24-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali «Yoshlarni ijtimoiy va ma’naviy barqarorligini saqlash» bo‘yicha direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan, yoshlar yetakchisi H.Haydarov, tyutor D.Inomov hamkorligida, bir qator volontyor talaba-yoshlar tomonidan Qoʻqon shahar 3-sektor Navoiy mavzesida yashovchi nuroniylar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan habar olindi.

Tadbir doirasida Alisher Navoiy mavzesidagi 74/10 chi honadonda yashovchi D.Rahimova, 74/11 honadonida istiqomat qiluvchi N.Holmirzayeva, 62/48 honadonda istiqomat qiluvchi Q.Mansurova holidan habar olinib, ularga mehr koʻrsatildi.

Mehr aksiyasida muddatli harbiy xizmatni oʻtab kelgan talabalar O.Rabbimqulov, S.Komiljonov, T.Mamajonov, O.Choriyev, A. Abdugʻapporov, I.Yigitaliyev faol ishtirok etishdi.

Bunday tadbirlarning amalga oshirilishi, talaba-yoshlarda insoniylik va xalqparvarlik fazilatini shakllanishiga hizmat qiladi.

       

Posted in Uncategorized.