Innovatsion loyihalar mavzusida oʻquv-seminar

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida innovatsion loyihalar mavzusida oʻquv-seminar tashkil etildi. Uni filial direktori v.b B.Qushimov ochib berdi. Oʻquv-seminar talabalarga innovatsion loyihalar, «start up», grantlar haqida toʻliq maʼlumot berish va amaliyotga tadbiq etish maqsadida amalga oshirildi, seminar Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi yoshlar innovatsion markazi mutaxassislari tomonidan olib borildi hamda tushuntirildi.Qiziqarli boʻlib oʻtgan oʻquv-seminari taklif va savol-javoblarga boy boʻldi. Yakunda kelgusida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

       

 

Posted in Uncategorized.