Joriy yil 27-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialining 1-Talabalar turar joyi qizlari orasida ichki tartib qoidalar va odob-ahloq qoidalariga rioya etish mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Uni Filialning yoshlar masalalari boʻyicha maʼnaviyat-maʼrifat boʻlim boshligʻi N.Sharipova olib bordi.
Shuningdek, bino komendanti R.Nigmatova soʻz olib qizlarga oʻz tavsiya va koʻrsatmalarini berib oʻtdi. Yakunda talaba qizlarning takliflari tinglanib, ularga oʻz maslahatlari berildi.