Besh tashabbus

Joriy yilning 31-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialda «Besh tashabbusi» doirasida talabalar oʻrtasida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi.
Ushbu sport musobaqasi direktor maslaxatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan amalga oshirildi. Musobaqa yoshlar masalasi boʻyicha dekan oʻrinbosari R.Ummatov, yoshlar yetakchisi X.Xaydarov, jismoniy tarbiya fani professor-oʻqituvchisi D.Sarimsoqov, Matbuot xizmat xodimi X.Begmatov bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Musobaqa gʻolib talabalari
?Shaxmat boʻyicha 4-21-guruh talabasi Sh.Ashirboyev.
?Shashka musobaqasida 6-19-guruh talabasi S.Umarov gʻolib boʻldi.Ushbu musobaqada jami shaxmatda 42-nafar, shashkada esa 56 nafar talaba ishtirok etdilar.
Gʻoliblar keyingi bosqichga yoʻllanma oldilar.
            

Posted in Uncategorized.