Joriy yilning 1-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida guruh sardorlarining faolligini oshirish maqsadida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Uni filial direktor v.b B.Qushimov ochib berdi.Talabalarga oʻquv faoliyati va baholash jarayonlar yuzasidan oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov kerakli tushuncha va maʼlumotlar berdi.Shuningdek, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlim boshligʻi N.Sharipova talablarga ichki tartib qoidalar va odob ahloq qoidalar hamda tadbirlar yuzasidan takliflari tinglandi. Filial talabalar va mahalla uyushmagan yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish, diniy ekstremizm taʼsiri, turli xil oqimlarga kirish holatini oldini olish, giyohvand moddalar isteʼmolini oldini olish va sotish holatlari hamda talabalar orasida korrupsion holatlar profilaktikasi yuzasidan direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tomonidan hayotiy misollar asosida maʼlumotlar yetkazildi. Soʻngra yoshlar masalasi boʻyicha dekan oʻrinbosari R.Ummatov yoshlarning maʼnaviy dunyoqarashini rivojlantirish haqida tushunchalar berib oʻtdi. Shuningdek, yoshlar yetakchisi H.Haydarov ijtimoiy tarmoqlarda talabalarning faolligi yuzasidan takliflari tinglandi. Yigʻilish yakunida talabalarning savollari tinglanib aniq javoblar berildi. Yigʻilishda sirtqi taʼlimda 15 nafar va kunduzgi taʼlimda tahsil olayotgan 38 nafar guruh sardorlari ishtirok etdi.