Missionerlik (missiya soʻzidan), tabshir, mubashshirlik — biror dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targʻib qilish demakdir hamda barcha dinlarda uchraydi.
Joriy yilning 1-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida yoshlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan talabalarga Missionerlik – yoshlar kelajagiga taxdid mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini filial «ijtimoiy va aniq» fanlar kafedrasi mudiri N.Xolmirzayev olib bordi hamda missionerlik tushunchasi, mavzuga oid atamalarning sharhiga toʻxtalib, mavzuning salbiy oqibatlari va jamiyatga taʼsiri yuzasidan hayotiy maʼlumotlar berildi.
Davra suhbatida tyutor D.Suleymanov hamda 48 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Qiziqarli boʻlib oʻtgan davra suhbati, savol-javoblarga boy boʻldi.