Joriy yilning 1-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi va sayi harakati bilan filialda harbiy tajribaga ega boʻlgan zaxiradagi podpolkovnik S.Nishonov tomonidan belgilangan reja asosida talabalarga ona vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ota-onaga hurmat, kattaga hurmat, kichikka izzat tamoyili asosida tashkil etilgan «Vatanparvarlik-1» toʻgaragining dastlabki nazariy mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Amalga oshirilgan nazariy mashgʻulot talabalar orasida harbiy tayyorgarlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsad qilingan boʻlib, mavzu yuzasidan boshlangʻich maʼlumotlar berildi. Mashgʻulotda jami 57 nafar talaba ishtirok etdi.