Joriy yilning 2-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida direktor maslahatchisi J.Tadjibayevning tashabbusi bilan filialning Kutubxona markazida Abdulhamid Choʻlponning hayoti va ijodiga bagʻishlangan ijodiy kitobxonlik kechasi boʻlib oʻtdi. Uni filial yoshlar masalasi boʻyicha dekan oʻrinbosari R.Ummatov ochib berdi. Kutubxonachi D.Joʻrayeva tomonidan Choʻlponning hayoti va ijodi haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, talaba D.Bahriddinova tomonidan Abdulxamid Choʻlponning sheʼrlari tinglandi va talabalar tomonidan yod olgn sheʼrlari zavq bilan ijro etildi. Kitobxonlik kechasi talabalarda katta taassurot qoldirdi. Kecha soʻngidada maʼnaviyat-maʼrifat boʻlim boshligʻi N.Sharipova Abdulhamid Choʻlpon haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.