Joriy yilning 3-fevral kuni, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida yoshlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan, talaba-yoshlarning kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida “Fast typing” klaviaturada tez va toʻgʻri yozish musobaqasi oʻtkazildi.
«Yoshlar ittifoqi» boshlangʻich tashkiloti yetakchisi H.Haydarov, tyutor D.Inomov hamda 6-21 guruh yetakchisi S.Ikromov hamkorligida tashkillashtirilgan tanlovda jami 26 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻrin 53 ball toʻplagan 11-21 TMJ guruh talabasi Sh.Yo’ldoshaliyevga nasib etdi. 2-oʻrinni esa 32 ball toʻplagan 1-22 guruh talabasi A. Abdurahmonov egalladi. 3-oʻrinni 29 ball bilan 6-21 guruh talabasi U.Yoʻldoshev qoʻlga kiritdi.
Kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan tanlov talaba-yoshlarda katta qiziqish bilan kutib olindi. Gʻoliblar keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.