Joriy yilning 2-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialiga Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutining oʻquv boʻlim boshligʻi podpolkovnik X.Rahimov tashrif buyurdi. Filialda harbiy aloqa sohasiga qiziqadigan talabalarimizga oʻzlarining oliy oʻquv yurtlarini targʻib etish maqsadida tashrif buyurdi. Talabalar bilan ochiq muloqot davomida asosan 3-bosqich talabalari 2-yil mobaynida tahsil olishlari va qabul jarayoni toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.