Joriy yilning 2-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan, matbuot xizmati hamda maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi bilan hamkorligida talabalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini ligasining Qishki mavsum 1-tur 5-oʻyin bellashuvi boʻlib oʻtdi. Oʻyinni yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat-maʼrifat boʻlim boshligʻi N.Sharipova ochib berdi hamda barcha talabalarga omad va zafarlar tiladi. Intellektual oʻyinni filial “Zakovat” koordinatori X.Begmatov olib bordi Bellashuvda jami 4 ta jamoa ishtirok etdi. Oʻyinlar juda murosasiz bahslarga boy boʻldi. Unda «Yunayted», «Temurbeklar», «Omadlilar»,»Intelekt» jamoalari kuch sinashdi. Yakunda «Yunayted» jamoasi gʻolib boʻldi.
1.?»Yunayted» jamoasi 45 ball
2.?»Temurbeklar» jamoasi 41 ball
3.? Omadlilar jamoasi 26 ball
4.?Intelekt jamoasi 16 ball
5.?Milliy jamoasi 15 ball
6.? Ekonimiks jamoasi 5 ball
7.? Yupiter jamoasi 4 ball
8.? Lochinlar jamoasi 4 ball