Sport – sogʻlom hayot garovi

Joriy yilning 4-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida yoshlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan sportning stol tennisi boʻyicha professor-oʻqituvchilar va sportchi talabalar oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtdi.

Sport musobaqasi Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi D.Sarimsoqov, 2-boʻlim boshligʻi M.Xalilov, yoshlar yetakchisi H.Haydarov, matbuot hodimi H.Begmatov hamda 3-22 guruh yetakchisi A.Islomov hamkorligida tashkil etildi.

Qiziqarli va shiddatli kechgan musobaqada 7 nafar professor-oʻqituvchilar va 32 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra musobaqa gʻoliblari bilan tanishing:
? 1-oʻrin O.Muhammadiyev
13-22 guruh talabasi
? 2-oʻrin M.Xalilov 2-boʻlim
boshligʻi
? 3-oʻrin Sh.Nizomov 18-22
guruh talabasi

P/s Gʻolib ustozlarimiz hamda iqtidorli talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

             

Posted in Uncategorized.