Navoiyga ehtirom

Joriy yilning 9-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialining faollar majlis zalida buyuk shoir va mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Filial direktori v.b B.Qushimov ochib berdi. Tadbirda A.Navoiy hayotiga bagʻishlangan sahna asari namoyish qilindi hamda kechaga mos gʻazallar va kuy-qoʻshiqlar kuylandi. Tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu tadbir maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi, kutubxona markazi, matbuot xizmati hamda yoshlar ittifoqi hamkorligida amalga oshirildi.

      

Posted in Uncategorized.