Joriy yilning 10-fevral kuni, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida, Besh muhim tashabbus doirasida, sirtqi taʼlim shaklida taʼlim olayotgan talabalar oʻrtasidagi, minifutbol bo’yicha boʻlib oʻtayotgan musobaqaning, yarim final va final oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Filial yoshlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan, maʼnaviyat boʻlimi, yoshlar ittifoqi, matbuot xizmati hamda jismoniy tarbiya boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan musobaqa shiddatli bahslarga boy boʻldi.
? Umumiy natijalarga koʻra, sirtqi taʼlimning 11-22 guruh talabalari barcha raqiblari ustidan gʻalaba qozongan holda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
? Ikkinchi oʻrin esa musobaqaning eng yaxshi jamoalaridan biri, 11-21 guruhi talabalariga nasib etdi.
? Shuningdek 15 ta jamoa ichida uchinchi oʻrinni 13-21 guruhi talabalari qoʻlga kiritishdi.
? Gʻolib talabalarga filial rahbariyati tomonidan maxsus sertifikat hamda koʻchma kubok topshirildi.