Olima ayollar davra suhbati

Joriy yilning 10-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida Olima ayollar hamda talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida filial maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshligʻi N.Sharipova, kimyo fani oʻqituvchisi V.Otaqoʻziyeva hamda hotin-qizlar uyushmasi raisi N.Alimovalar tomonidan talaba-qizlarga ilmiy faoliyatdagi muvaffaqiyat sirlari toʻgʻrisida maʼlumotlar va kerakli tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida talaba-qizlar tezislar, ilmiy maqolalar chop etish hamda oʻz gʻoyalarini yanada shakllantirish boʻyicha bilim va koʻnikmaga ega boʻldilar.

      

Posted in Uncategorized.