Joriy yilning 10-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialiga Qoʻqon shahar hokimi Usmonov Maʼruf Aʼzamovich tashrif buyurdi.
Tashrif davomida shahar hokimi tomonidan filialda amalga oshirilgan islohotlar, filialning moddiy texnik bazasi koʻzdan kechirilib, taklif va tavsiyalar berildi hamda masʼullarga bajarilishi zarur boʻlgan ishlar yuzasidan topshiriq va koʻrsatmalar berildi.


