Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga tashrif

Joriy yilning 13-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi N.Sharipova hamda Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi H.Haydarov oʻzaro hamkorlik va tajriba almashish maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrifning birinchi kuni, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda
Yoshlar yetakchilarining vazifalari va ularning ish faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida Universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshligʻi Sh.Suyarov tomonidan oʻquv-seminari tashkil etildi.

Shuningdek, Universitet iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan innovatsion texnologiyalar, tasviriy sanʼat koʻrgazmalari, sportzal binosi, muzeylar, kutubxonalar hamda bir qator diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar tashkil etildi.

       
Posted in Uncategorized.