Avval xabar berganimizdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi N.Sharipova va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi H.Haydarov Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida oʻzaro hamkorlik hamda tajriba almashish maqsadida hizmat safarida boʻlib turibdi.
Joriy yilning 15-fevral kuni Universitetda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yoshlar oʻrtasida giyohvandlikni oldini olish mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tashrif yakunida mehmonlarga Universitet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Atamuratov Murat Utepbergenovich tomonidan kerakli tavsiyalar berildi hamda doimiy hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirishga kelishib olindi.


