Joriy yilning 16-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida yoshlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisining tashabbusi bilan volleybol musobaqasi tashkillandi.
✅ Unda filialning «Shunqorlar» jamoasi 55-MFYning uyushmagan yoshlardan iborat «Quvnoqlar» jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi amalga oshirildi.
✅Yakunda filialning «Shunqorlar» jamoasi 2-1 hisobida gʻolib boʻldi. Uchrashuvni tashkil etishda D.Sarimsoqov faol qatnashdi.


