Direktor va talaba yoshlar uchrashuvi

????Joriy yilning 2-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida direktor va talabalar uchrashuv tadbiri boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvni filial direktori v.b B.Qushimov ochib berdi.
Soʻngra oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov tomonidan filial nomdor stipendiyatlarning guvohnomalari tantanali topshirildi.

✅Shuningdek, Filial direktori v.b B.Qushimov talabalarga ilmda bosib oʻtgan yoʻllari, hayot faoliyatdagi qiziqarli voqealarni aytib oʻtdi.

✅Tadbir davomida iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi mutaxasisi D.Abdunabiyev soʻzga chiqib ilmiy faoliyatda iqtidorli talabalarning amalga oshiradigan ishlari boʻyicha taqdimot qilib berdi.

✅Tadbir yakunida iqtidorli talabalarning takliflari tinglandi.

Posted in Uncategorized.