«Giyohvandlik – asr vabosi» mavzusida davra suhbati

????Joriy yilning 6-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali «ijtimoiy va aniq fanlar» kafedrasi professor-oʻqituvchisi A.Xakimov filial talaba yoshlariga «Giyohvandlik – asr vabosi» mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Suhbatda quyidagi fikrlar aytildi.

✅Giyohvandlik – XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Oʻrta asrlarda insoniyat hayotidagi vabo va oʻlat kabi ofatlar, bugungi sivilizatsiya zamoniga kelib oʻz oʻrnini giyohvandlik illatiga boʻshatib berdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganidek, qanchalik qiyin boʻlmasin, biz yoshlar tarbiyasi boʻyicha oʻzimizga xos va taʼsirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak.

✅Shuningdek, mavzu doirasida talabalarning taklif va mulohazalari tinglandi hamda ularning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

⚡️Davra suhbatida tyutor D.Inomov faol ishtirok etdi.

Posted in Uncategorized.