Joriy yilning 14-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida «Biz Korrupsiyaga qarshimiz» mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Talabalar oʻrtasida korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida tashkil etilgan ochiq muloqot filial korrupsiyaga qarshi kurashish hamda komplaens nazorat boʻlimi bosh mutaxasisi М.Maxmudov tomonidan olib borildi.
Shuningdek, oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari A.Asqarov ham talabalarga oʻquv jarayoniga oid tushunchalar berdi.
Ochiq muloqot soʻngida matbuot xizmati xodimi X.Begmatov talabalarga axborot xavfsizligi va undagi jinoyatlar haqida maʼlumotlar berdi soʻngra filial yoshlar yetakchisi X.Xaydarov ularning qiziqarli va samimiy muloqoti uchun minnatdorchilik bildirdi.


