Assalom Navroʻz

OLIYGOHIMIZDA NAVROʻZ SAYLI BAYRAM SHODIYONALARI BOSHLANDI.

Joriy yilning 17-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida Assalom Navroʻz bayram tantanalari boʻlib oʻtmoqda.

Bayram dasturini filial oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov ochib berdi hamda, barcha yigʻilganlarni bayram bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, tadbir avvalida 2022 yilda YIL TALABASI nominatsiyasida gʻolib boʻlgan talabalarga maxsus sertifikat topshirildi.

Bayramona bahoriy dasturxon, osh festivali, kafedra va iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan koʻrgazmalar barchada katta taassurot qoldirdi.

✅Oliygohda bayram tantanalari koʻtarinki kayfiyatda davom etmoqda.

✅Bayramona bezatilgan bayram dasturxonlari va qozonlarda pishayotgan milliy osh taomlari hakamlar hayʼati tomonidan baholandi.

✅Shuningdek, tadbirning badiiy qismida talaba-qizlar klubi tomonidan milliy liboslar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Posted in Uncategorized.