Yangi Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki, barchamizniki

Joriy yilning 29-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida, “Yangi Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki, barchamizniki” shiorlari ostida targʻibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Yigʻilishda Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Ibragimova, Viloyat Kengashi ijroiya Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari-apparat rahbari X.Raxmonov, Qoʻqon shahar hokim oʻrinbosari Sh.Dehqonov, OʻzLiDep partiyasining Qoʻqon shahar Kengashi raisi N.Iraliyev, Qoʻqon shahar faxriylar kengashi raisi A.Mazaitov, Qoʻqon shahar madaniyat boʻlimi vakili D.Dehqonovlar ishtirok etishdi.

Targʻibot tadbiri avvalida Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Ibragimova yigʻilganlarga yangi Konstitutsiya loyihasidagi oʻzgarishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirib oʻtdi.

Tadbir soʻngida masʼullar, 30-aprel umumxalq referendumida, barchani faol ishtirok etishga chaqirdilar.

Posted in Uncategorized.