Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum oldidan «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
????Joriy yilning 30-mart kuni Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida o‘tkazildi. Unda “Ma’rifat” targ‘ibot guruhi a’zolari tarix fanlari nomzodi, dotsent Xayitov I, jurnalist Zokirova H, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Nihol mukofoti sovrindori Aziz Rajabiy, teatr va kino aktyori Bahodir Nishonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizim tashkilot yuristi Sh.Abdullaevalar ishtirok etishdi.





✅Tadbir davomida Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, oliy ta’liim sohasidagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.
✅ Tadbirda vatanni madh etuvchi chaqiriqlar, o‘zbek xalqi bag‘rikengligi haqidagi misollar keltirildi.
✅Tadbir soʻngida filial direktori v.b B.A.Qushimov soʻz olib targʻibotdagi jonbozliklariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.


