Joriy yilning 3-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida «Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonunning mazmun-mohiyati mavzusida talabalarga davra suhbati tashkil etildi.
Uni filial Korrupsiyaga qarshi kurashish «Kamplaens» nazorat tizimini boshqarish» boʻlimi bosh mutaxassisi M.Maxmudov olib bordi.
«Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonunning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, talabalarning pazitsiyasi, ularning taʼlimdagi faoliyati haqida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtildi.
Suhbat davomida talabalarning mavzuga oid qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Ushbu davra suhbatida tyutor Z.Egamberdiyeva faol ishtirok etdi.


