Joriy yilning 3-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali faollar zalida, Minifutbol ligasining chorak final oʻyinlariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Qurʼa tashlash marosimida, guruh bahslarida gʻolib boʻlgan 16 ta jamoa talaba-yoshlari bevosita ishtirok etishdi.
Jarayonlar juda ham emotsional holatlarga boy boʻlib, barcha yigʻilganlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Natijalar tez fursatda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda eʼlon qilinadi!


