Joriy yilning 4-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan «Kiberxavsizlik, Kibermakon va Kiberjinoyatchilikning jamiyat hayotiga salbiy taʼsiri» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini ijtimoiy va aniq fanlar kafedrasi mudiri N.Xolmirzayev olib bordi va mavzuning ahamiyatini talabalarga batafsil maʼlumotlar orqali berib oʻtdi.
Shuningdek, direktor maslahatchisi J.Tadjibayev Kiberjinoyatdagi diniy oqimlar, terrorizm kabi illatlarning salbiy oqibatlari haqida oʻz mulohazalarini bildirdi.
Soʻngra talabalar tomonidan berilgan qiziqarli savollarga mutaxassislar tomonidan toʻliq javob berib oʻtildi.

