Joriy yilning 5-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishni kengash raisi, direktor v.b B.Qushimov ochib berdi.
Yigʻilishda yoshlar masalalari bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlim boshligʻi N.Sharipova, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov, fuqarolar bilan ishlash, ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshligʻi T.Butayev, Kutubxona markazi rahbari Z.Nazarova hamda turli masalalarda iqtidorli talabalar bilan ishlash sektori mutaxasisi D.Abdunabiyev va direktor maslahatchisi J.Tadjibayevlarning axborotlari tinglandi.
Yakunda direktor B.A.Qushimov 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Yangi Konstitutsiya referendumida faol qatnashishlarini alohida taʼkidladi.
Shuningdek, professor-oʻqituvchilarning taklif va mulohazalari tinglandi.



