Adolat demokratik partiyasi faollari va talabalar uchrashuvi

ADOLAT DEMOKRATIK PARTIYASI FAOLLARI VA TALABA-YOSHLAR UCHRASHUVI BOʻLIB OʻTDI.

Joriy yilning 6-aprel kuni, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialiga, Adolat demokratik partiyasining qonunchilik palatasi deputatlari M.Valiyev va G.Saidgʻaniyevalar tashrif buyurdilar.

Tadbirni filial maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi N.Sharipova olib bordi.

Tadbir davomida deputatlar tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, shu jumladan sud-huquq tizimida loyihaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek tadbirda partiyaning yoshlar qanoti rahbari X.Akramov soʻzga chiqib, barchani 2023 yil 30-aprelda boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumida faol ishtirok etishga chaqirdi.

 

Posted in Uncategorized.