FARGʻONADA «ENG YAXSHI ZAMONAVIY MILLIY LIBOS» TANLOVI BOʻLIB OʻTDI.
Joriy yilning 7-aprel kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi tashabbusi bilan «Eng yaxshi zamonaviy milliy libos» tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, ushbu tanlovda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali talabasi Yigitaliyeva Odinaxon oʻz ijodiy namunalari bilan ishtirok etib, sovrindorlar safidan joy oldi.
Ijodkor talaba-qizimizni Oliygoh jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida omad yor boʻlishini tilab qolamiz!