Oʻzbekiston Respublikasining 02.09.2019 yildagi OʻRQ-561-son xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonuni belgilab qoʻyilgan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 6-aprel kuni, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali faollar zalida, xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik va tazyiqlarni oldini olish mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda filial maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi N.Sharipova, hotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi N.Alimova, inspektor U.Maqsudov ishtirok etishdi.
Yigʻilish davomida yigʻilganlarga qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida tushunchalar berildi.
Yigʻilish yakunida talaba-qizlarning takliflari tinglandi va ular tomonidan berilgan savollarga javob berildi.


