Chorak final o’yinlariga start berildi

CHORAK FINAL OʻYINLARIGA START BERILDI.

Joriy yilning 11-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida Minifutbol ligasining chorak final uchrashuvlarining ilk oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Dastlabki oʻyinda 3-bosqichning 8-20 EAICHT va 2-20 MYaMT guruh talabalari oʻzaro maydonga tushdilar.

Murosasiz va shiddatli bahslarga boy boʻlgan oʻyinda 8-20 EAICHT guruh talabalari 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring!

   
Posted in Uncategorized.