“Munozara” intellektual bellashuvi

MUNOZARA INTELLEKTUAL LIGASINING ILK BELLASHUVI BOʻLIB OʻTDI.

2023-yilning 12-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali talaba-yoshlarida notiqlik sanʼatini yanada yuksaltirish maqsadida, maʼnaviyat boʻlimi, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamda tyutorlar hamkorligida, “Munozara” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Intellektual oʻyinni filial yoshlar yetakchisi H.Haydarov olib bordi.

Bellashuvda «Uchinchi renesans yoshlari» va «Toʻmaris» jamoalari tasdiq va inkor holatida oʻzaro kuch sinashdi.

Texnika taraqqiyotining inson hayotidagi oʻrni mavzusida boʻlib oʻtgan debatda, «Uchinchi renesans yoshlari» jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Posted in Uncategorized.