Joriy yilning 13-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali maʼnaviyat boʻlimi boshligʻi N.Sharipova, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi H.Haydarov hamda yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari R.Ummatov hamkorligida guruh sardorlari va yoshlar yetakchilari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish maqsadida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishining mazmun mohiyati toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, yigʻilish davomida 2023 yil 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumida yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasidagi oʻzgarishlar va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida fikr-mulohazalar yetkazildi.
Yigʻilish yakunida talaba-yoshlarning takliflari tinglandi va ular tomonidan berilgan savollarga javob berildi.


