Amaliyot o’tash tartibi

BITIRUVCHI TALABALARGA AMALIYOT OʻTASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTLAR BERILDI.

Joriy yilning 14-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida talabalar amaliyot jarayoni mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Uni fakultet dekani M.Maqsudov, Muhandislik texnologiyalari kafedrasi mudiri R.Siddiqov, oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari A.Asqarovlar tomonidan bitiruvchi talaba-yoshlarga amaliyot oʻtash tartibi va nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.Soʻngra amaliyot daftari tarqatildi.

Shuningdek, yigʻilish davomida mehnat muhofazasi muhandisi Sh. Ibrohimhoʻjayev soʻz olib bitiruvchi talaba-yoshlarga texnika xavfsizligi qoidalari toʻgʻrisida zarur tushunchalar berdi. Amaliyot oʻtash davomida ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga aʼzo boʻling!

Posted in Uncategorized.