Professor va yoshlar uchrashuvi

PROFESSOR VA TALABA-YOSHLAR UCHRASHUVI BOʻLIB OʻTDI.

Joriy yilning 14-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialiga tarix fanlari doktori, professor, Turon fanlar akademiyasi prezidenti Xaydarbek Bobobekov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida professor tomonidan talabalarga «Qoʻqon xonlari tarixi» mavzusida seminar tashkil etildi va hayotiy misollar orqali ifodalab berildi.

Shuningdek seminar davomida talabalarning fikr-mulohazalari tinglanib, ular tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

Tadbirda jami 110 nafar talaba-yoshlar va 12 nafar Oliygoh professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuv barcha talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Posted in Uncategorized.