Joriy yilning 15-aprel kuni Qoʻqon shahar musiqali drama teatri oldi binosida, «Yulduzli maʼnaviyat karvoni» gala konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Konsertda xalqimizning sevimli xonandalari Xurshid Rasulov, Ilhom Ibrohimov, Sayyora Qoziyeva, estrada yulduzlari Sharof Muqimov, Gʻayrat Usmonov, Izzat Ibragimov, Mashhurbek Raimov, Jaloliddin Axmadaliyev, Alisher Rahmatullayev, Qilichbek Madaliyev, Elyorbek Meliboyev hamda bir qator mashhur xonandalar ishtirok etishdi.
Shuningdek, bayram konsertida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialining jami 400 nafarga yaqin talabalari va 10 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.
Konsert dasturi barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi hamda, talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.





