Muhammad Yusuf tavalludiga bagʻishlangan davra suhbati

Joriy yilning 18-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali kutubxonasida halqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bagʻishlab, davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Kutubxona hodimasi D.Jurayeva va tyutor Z.Egamberdiyeva hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida shoirning hayoti va ijodi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Davra suhbati davomida shoirning ijodiy namunalari, hamda sheʼrlari talaba-yoshlar tomonidan mutolaa qilindi.

Tadbir barcha yigʻilganlarda iliq taassurot qoldirdi va ulugʻ shoirning ulkan merosi katta qiziqish bilan yodga olindi.

Posted in Uncategorized.